RU | EN | CH | UZ
 
"IMPERATOR ALEKSANDR I" NOMIDAGI PETERBURG DAVLAT TEMIR YO'LLARI UNIVERSITETI PGUPS

Tarmoq hamkorligini rivojlantirish bo’yicha Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) delegatsiyasining tashrifi

19-21 aprel kunlari Toshkent davlat transport universiteti (O‘zbekiston Respublikasi) o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G‘ulomov A.A. boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, Imperator Aleksandr I nomidagi Sankt-Peterburg davlat temir yo’llari universitetiga tashrif buyurishdi.

20 aprel kuni universitet rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mavjud qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar, shuningdek, ta’lim va fan sohasida universitetlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida delegatsiya uchun O‘zbekistondan kelgan talabalar va magistrantlar bilan uchrashuv tashkil etildi.